Kontent qismiga oʻtish

Troya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qadimiy shahar zamonaviy darvozasi oldidagi maydonchada o‘rnatilgan yog‘ochdan yasalgan Troya oti haykali

Troya (Ilion) — Kichik Osiyoning shimoli-gʻarbidagi qadimiy shahar. Yunon eposi orqali maʼlum. Nemis arxeologi G. Shliman tomonidan 1870-yillarda Gissarlik tepaligidagi qazishmalar natijasida topilgan. XIX asrning oxiridan muntazam qazish ishlari olib borilgan, natijada Troyaningning ilk jez davri (mil. av. taxminan 3000-yil) dan boshlangan turli qatlamlari ochilgan. Jez davrida Troya yirik markaz va kichik podsholik poytaxti boʻlgan. Troya tepalik yon bagʻriga joylashgan, atrofi burjli mudofaa devori bilan oʻralgan. Tepalikda ark, uning atrofida zodagonlarning uylari boʻlgan. Mil. av. taxminan 1260-yilda Troya urushi natijasida axeylar tomonidan bosib olinib, vayron qilingan. Axeylar ketgach, shahar qad. madaniy anʼanasini sakdab qolgan, lekin ilgarigi mavkeini tiklay olmagan. Mil. av. 1190-yil Bolqon yarim orolning shim. viloyatlaridan koʻchib kelganlarning yangi guruhi oʻzlari bilan jez qurolaslahalari va sopol buyumlarining yangi shakllarini olib kelishgan. Mil. av. 1100-yil Troya bosqinchilik qurboni boʻlib, vayron qilingan, faqat 400 yil oʻtgach, mil. av. 700-yilda yunonlar Troya oʻrnida Yangi Ilion nomli yangi shahar barpo etishgan.